Asalarichi kasalliklarga qarshi "asal vaksinasi" haqida

Asalni iste’mol qilish immunitetni mustahkamlashga va tanani infeksiyalardan himoya qilishga yordam beradi, deya ta’kidlaydi Asalarichilar jamiyati raisi Valeriy Kapunin. Ammo asal foydasi faqat shunday iborat emas, dedi u Sputnik radiosiga bergan intervyusi davomida.
Sputnik

Rossiyada 2020-yilda "Medoviy spas" bayrami 14-avgust kuni nishonlanadi. Shu bayramdan keyin, mamlakatimizda an’anaga ko‘ra oziq-ovqat ratsioniga asalning yangi hosilini qo‘shishni boshlashadi.

Rossiya vaksinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirdi

Asal qancha yangi bo‘lsa, shuncha foydaliroq bo‘ladi, deya hisoblanadi. Bu juda ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega tabiiy mahsulot; asalning immunitetni mustahkamlashga yordam berishi barchaga ayon, bu esa joriy yilda ayniqsa dolzarb, deydi Asalarichilar jamiyati raisi Valeriy Kapunin Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

"Agar asal haqida bebaxo shifobaxsh material yoki mahsulot sifatida gapiradigan bo‘lsak, u holda asalning har qanday turi foydali xususiyatlarga ega. U mikroblar, zamburug‘lar va allergiyalarga qarshi xususiyatlarga ega. Shuningdek, u jarohatlar bitishini tezlashtirish va ichak sekretsiyasini tartibga solishda ishlatiladi. U shuningdek, yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va atrof-muhitning turli noqulay omillarga chidamlilikni oshiradi", - dedi asalarichi.

Valeriy Kapuninning so‘zlariga ko‘ra, eng foydali asal - inson o‘zi yashaydigan hududda to‘plangani hisoblanadi. Shu bilan birga, uning fikricha, ushbu qoida ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan joylarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Asalarilar asalni yetishtirib, tarkibida asal bo‘lgan o‘simliklarda bor zararli moddalarning konsentratsiyasini kamaytiradi, shuning uchun, asalarichining fikriga ko‘ra, asal o‘ziga xos universal vaksina vositasiga aylanishi mumkin.

Dangasalik xavfli kasallikning alomati bo‘lishi mumkin - psixiatr

"Asalarilar ifloslangan joylardan olingan nektarni, undagi zararli moddalar, shu jumladan radionuklidlar miqdorini kamaytirish orqali, pirovardida asalga qayta ishlash qobiliyatiga ega. Misol uchun, emlash nimani anglatadi? Masalan, biron bir moddaning, kasallikning ma’lum bir qismini tanaga kiritganimizda, tana ozroq miqdorini qayta ishlaydi-da, unda ushbu kasallikka qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi. Xuddi shunday holat asal bilan ham ro‘y beradi. Shuning uchun, odam o‘zi yashaydigan joydan to‘plangan asalni iste’mol qilishi kerak. Asalarilar o‘z fermentlarini qo‘shgan holda, zararli moddalarni kichik miqdorga aylantirish qobiliyatiga ega", - deya ishonch bilan ta’kidlaydi asalarichi.

U nega asal shakarga qaraganda ancha foydaliroq ekanligini tushuntirdi.

"Asalning asosiy foydali tomoni shundaki, u monosaxariddir. U fruktoza va glyukozaga ajratilib bo‘lgan. Biz shakarni iste’mol qilganimizda, shakarni tarkibiy qismlarga ajratib yuborishi uchun, tana ma’lum miqdordagi kaloriyani sarflab, ma’lum fermentlardan foydalanishi kerak. Asal esa tanada darrov so‘rilib ketadi", - dedi Valeriy Kapunin.