O‘zbekiston MTJning JCh-2022 saralash o‘yinlari qoldirildi

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli 2020-yil yakuniga qadar milliy jamoalar ishtirokida rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaslikka qaror qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. OFK va FIFA o‘zaro kelishgan holda Jahon chempionati-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasidagi oktabr va noyabr oyidagi o‘yinlarni 2021-yilga qoldirildi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar qilindi.

O‘zbekiston 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Kuzda O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 ga qo‘shma saralashidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlarda maydonga tushishi rejalashtirilgan edi. Xususan, JCh-2022 saralashining 2-bosqichida 13-oktabr kuni safarda Yaman bilan, 12-noyabr kuni o‘z maydonida Singapur bilan, 17-noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs yuritishi lozim edi.

Xabarda yozilishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli 2020-yil yakuniga qadar milliy jamoalar ishtirokida rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaslikka qaror qilingan. Shu tariqa Jahon chempionati saralash o‘yinlarining barchasi 2021-yilga qoldirildi.

Hozircha saralash o‘yinlarining yangi sanasi haqida ma’lumot berilmagan.