Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarni til va kasbga o‘rgatish qanday tashkil etiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar kechki payt (ish vaqtidan keyin) kasb-hunar va rus tilini o‘rganishi mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya ta’lim muassasalarida kasb-hunarga va rus tiliga o‘qitishni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni imzolagan qarorda belgilab qo‘yilgan.

Mas’ullar va tegishli vazirliklarga uch oy muddatda O‘zbekiston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etgan Rossiya hududlarida davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalari va markazlari bilan muzokaralar olib borish va ularni kasb-hunarga va rus tiliga, ayniqsa, kechki payt (ish vaqtidan keyin) o‘qitishni tashkil etish vazifasi topshirilgan.

Gap Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Novosibirsk va boshqa shaharlar haqida bormoqda.

O‘zbekiston hukumati va o‘zbek diasporasi tashkilotlari muloqoti: nimalarga kelishildi

Bundan tashqari, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) va “Molodie professionali (WorldSkills Russia)” ittifoqi bilan bu borada hamkorlik o‘rnatish choralarini ko‘rish belgilangan.

Xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.