TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan koronavirusga qarshi vaksinaga yigirmatadan ortiq davlat "amaliy qiziqish" bildirdi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Ta’kidlash kerakki, bir qator G‘arb davlatlari bu yutuqni keskin tanqid qilishdi. Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida "xorijiy hamkasblar, ehtimol, Rossiya preparatining ma’lum bir raqobat va afzalligini his qilishmoqda" deb aytishdi.
Vazirlikda, shuningdek, vaksina yaratilgan platforma mutlaqo xavfsiz ekanligini va boshqa preparatlarni ixtiro qilish va ishlab chiqarishda o‘z samaradorligini isbotlaganligini ta’kidladi.
Shuningdek, vaksina ishlab chiqilgan Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida G‘arbning tanqidiga javob berildi.
Markaz rahbari Aleksandr Ginsburg ta’kidlaganidek, boshqa reaksiyani kutish - soddalik bo‘lardi.
"O‘ylab ko‘ring, agar Rossiya vaksinasi tufayli ma’lum odamlar, firmalar milliardlab dollardan mahrum bo‘lsa, qanday munosabatni ko‘rmoqchisiz? Menimcha, reaksiya mutlaqo normal. Bu chumolilar uyasiga suqilgan tayoq kabi", - dedi olim "Rossiya 24" efirida.
Biroq, bir qator mamlakatlarda, aksincha, ular Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazilishi bilan qutladilar. Ushbu yutuqni BSST ham mamnuniyat bilan qabul qildi.
Tashkilot pandemiyani yengish yo‘llarini topish uchun rossiyalik olimlar bilan birgalikda ishlashga qiziqish bildirdi.
Shu bilan birga, Zaxarova Moskva preparatni qo‘llash bo‘yicha BSST bilan yaqin aloqada ekanligini ta’kidladi.