Rossiya MDH davlatlariga parvozlarni qachon qayta tiklaydi – ehtimoliy sanalar

Koronavirusga qarshi vaksinasining yaratilishi, Rossiyada va qo‘shni davlatlarda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi - parvozlar qayta tiklanishining asosiy sabablari hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiya yaqin orada qo‘shni davlatlar bilan avia parvozlarni qayta tiklashi mumkin. Bu haqda "Vestnik ATOR" ma’lum qildi.

Rossiya parvozlarni tiklash uchun xorijiy davlatlarga qanday  talab qo‘ymoqda - Zaysev

Koronavirusga qarshi vaksinasining yaratilishi, Rossiyada va qo‘shni davlatlarda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi - parvozlar qayta tiklanishining asosiy sabablari hisoblanadi.

"Shu sabablarga ko‘ra, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston Rossiya Federatsiyasining transport vazirligi bilan havo aloqasini tiklashni taklif qilgan 30 mamlakat ro‘yxatiga kiritilgan. Endi ushbu yo‘nalishlarda parvozlarni qayta boshlash uchun zarur shart-sharoitlar mavjud", - deb ma’lum qilindi aviatsiya idorasida.

Rossiya Turoperatorlari uyushmasi xabar berishicha, reyslarni qayta tiklash uchun ehtimoliy sana - 1-sentabr. Bu haqda 20-avgustdan keyin hukumat darajasida xabar berilishi mumkin.