Mingbuloqda sobiq mansabdorlar ichimlik suvi uchun aholidan yig‘ilgan 190 mln so‘mni o‘mardi

“Toza ichimlik suv” UK sobiq mansabdor shaxslari yetkazilgan toza ichimlik suvi uchun aholidan yig‘ib olingan 190 mln so‘m naqd pulni talon-taroj qildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Namangan viloyati Mingbuloq tumanida aholidan toza ichimlik suvi uchun yig‘ilgan pullarni sobiq mansabdorlar talon-toroj qilgani fosh etildi. Bu haqda Sputnik nashriga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Agrobank” filiali sobiq boshqaruvchisi mijozlarning 520 mln so‘mini talon-taroj qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda tumandagi “Toza ichimlik suv”  UK sobiq mansabdor shaxslari yetkazilgan toza ichimlik suvi uchun aholidan yig‘ib olingan 190 mln so‘m naqd pulni talon-taroj qilgani aniqlangan. Ular  pullarni tegishli bank kassasiga topshirmagan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.