Dangasalik xavfli kasallikning alomati bo‘lishi mumkin - psixiatr

Dangasalik xavfli kasallikning alomati bo‘lishi mumkin - Serbiya psixiatriya markazining dotsenti Pavel Katchalov.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Dangasalik xavfli kasallikning alomati bo‘lishi mumkin. Bu haqda psixiatr, Parij psixoanalitik jamiyatining a’zosi, Serbiya psixiatriya markazining dotsenti Pavel Katchalov Sputnik radio efirida ma’lum qildi.

Mirziyoyev kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga shifokorga murojaat etishni maslahat berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, dangasalik ko‘pincha organizmning himoya reaksiyasining bir turi bo‘lib, keraksiz ishlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

“Boshqalar tomonidan taklif qilinadigan yoki o‘zlari odat qilib yelkalariga yuklab oladigan ma’nosiz ishlardan himoyalanish maqsadida qo‘llanadigan - normal dangasalik mavjud. Shunda dangasalik kutishga, fikrni o‘zgartirishga imkon beradi va ishning bir qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ya’ni, dangasalik - bu juda serg‘ayrat odamlar ba’zan o‘zlariga yoki boshqalarga yuklashga harakat qiladigan ortiqcha ishdan himoya bo‘lishi mumkin”, - deb ta’kidladi Kachalov.

Boshqacha vaziyat bo‘lishi mumkin, faqat tashqi jihatdan dangasalikka o‘xshaydi, bunda odam o‘zini kerakli harakatlarni bajarishga majbur qila olmaydi. Bu kasallik holat bo‘lib, unda mutaxassisning yordami talab qilinishi mumkin.

"Ehtimol, gap depressiya haqida ketmoqda. Bunday holatda psixiatrga murojaat qilish zarur. Hozir juda ko‘p samarali antidepressantlar bor. Birdan o‘zgargan, avvalgi o‘ziga o‘xshashlikni yo‘qotgan, oddiy harakatlarni amalga oshira olmagan har qanday odamga psixiatrdan yordam olishni maslahat berish yoki antidepressantlarni sinab ko‘rish kerak”, - deydi psixiatr.

Agar muammo vaqti-vaqti bilan takrorlanib tursa, davolanish yordam berishi kerak, deb qo‘shimcha qildi ekspert.