Bedarak yo‘qolgan 14 yashar qiz bir oydan beri qidirilmoqda – Toshkent IIBB

Buxoro viloyati, “Dilobod-Zafarobod” MFY manzili bo‘yicha yashovchi Madinabonu Abdurahmonova 9-iyul kuni taxminan soat 06.00 da uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Bedarak yo‘qolgan 14 yoshli Madinabonu Abdurahmonova qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan ayol topildi

Xabarda aytilishicha, 2006-yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati, “Dilobod-Zafarobod” MFY manzili bo‘yicha yashovchi Abdurahmonova Madinabonu Jahongir qizi 2020-yil 9-iyul kuni taxminan soat 06.00 da uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160 sm, ko‘zlari qora, sochlari to‘q jigar rang.

Kiyimlari: havo rang ko‘ylak, qora shim. Yonida qora ayollar sumkasi bor edi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar siz Madinobonu Abduraxmonovani ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning turar joyi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: +99865-220-40-99; +99865-220-40-30; +99865-224-52-49 (Buxoro viloyati IIB), 71-232-30-40, 71-232-40-50 (Toshkent shahar IIBB) yoki 102”, - deyilgan xabarda.