TOShKENT, 11 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampni kutilmaganda matbuot anjumanidan qo‘riqchilar olib chiqib ketdi.
Tramp bir necha daqiqadan so‘ng jurnalistlar oldiga qaytib kelib, uning ketishiga Oq uy oldidagi otishma sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
“Otishma bo‘ldi, Oq uy oldida, lekin devor ortida”, - dedi Amerika yetakchisi.
U hodisaning barcha tafsilotlarga hozircha unga ayon emasligini aytdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘t ochgan shaxs bir kishi bo‘lgan. Maxfiy xizmat xodimlarini uni yarador qilishgan va u kasalxonaga olib ketilgan.