Toshkentda bedarak yo‘qolgan ayol topildi

26 yoshli Mehribonu Iskandarova 6-avgust kuni taxminan soat 8.30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yaqinda qidiruvi e’lon qilingan Iskandarova Mexribonu Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan topildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

“Uning ahvoli yaxshi, havotirga o‘rin yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor tumanida yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan Iskandarova Mehribonu To‘xtasin qizi, 6-avgust kuni taxminan soat 8.30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmadi.

Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, u Chilonzor tumani “S” mavzesidagi kosmetologiya salonida bo‘lgan. Qiz soat 10.30 da salondan chiqib, yo‘l tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etdi. Ushbu holat yuzasidan qidiruv e’lon qilindi.