O‘zbekistonning dunyo bo‘yicha harbiy qudrati reytingi e’lon qilindi

Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston harbiy qudrat jihatdan birinchilikni egallagan. Qo‘shni Qozog‘iston 63 pozitsiyada kelmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Harbiy qudrat bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston 138ta davlat orasida 52-o‘rinni egalladi. 

ArMI-2020: o‘zbek harbiylari Moskvaga yetib keldi

Bu haqda Global Firepower xabar bermoqda.

O‘zbekiston Singapurdan keyingi o‘rinda. Ammo Belarusni ortda qoldirgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy qudrat jihatdan O‘zbekiston yetakchi pozitsiyani egallagan.

Reytingda birinchi o‘rinni - AQSh, ikkinchi pog‘onani - Rossiya, uchinchi o‘rinni - Xitoy egallagan.

Birinchi kuchli o‘nlikka, shuningdek, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Misr va Braziliya kirgan.

Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘onistonning reytingdagi joylashuv o‘rni quyidagicha: Qozog‘iston - 63 o‘rin, Turkmaniston - 77 o‘rin, Afg‘oniston - 78 o‘rin, Tojikiston - 94 va Qirg‘iziston - 98 o‘rinlarni egallashgan.