“Moskvich” g‘ildiragi chiqib ketishi tufayli ikki kishi qurbon bo‘ldi

G‘ijduvon tumanidagi yo‘lda mashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Buxoro viloyatida “Moskvich” rusumli mashina ariqqa ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 10-avgust kuni G‘ijduvon tuman “Sohibiyon” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. U.B. “Moskvich”ni ishonchnoma asosida boshqarib ketayotgan vaqtda mashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.

“Moskvich” g‘ildiragi chiqib ketishi tufayli ikki kishi qurbon bo‘ldi

YTH oqibatida avtomashina yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R.lar hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.