Daraxtni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkaziladi

Finlyandiyaning Laplandiya Levi degan joyida daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Finlyandiyaning Laplandiya Levi degan joyida daraxtni quchoqlash bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Visit Levi sayti xabar qildi.

Daraxt kesishga moratoriy kiritiladi – yangi qonun

Musobaqada 9ta davlat – Finlyandiya, AQSh, Astraliya, Estoniya, Germaniya, Italiya, Malayziya, Rossiya va Shotlandiyadan vakillar ishtirok etadi. Barcha ishtirokchilar ayni vaqtda Levida istiqomat qilmoqda.

Bellashuv uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar 8 daqiqa ichida eng ko‘p daraxtni quchoqlash bo‘yicha kuch sinashadi. Bunda har bir daraxtni kamida 5 soniya quchoqlab turish turish talab etiladi. So‘ngra sportchilarning daraxtlarni naqadar samimiy quchoqlagani baholanadi. Uchinchi bosqich “erkin uslub” (fristayl) degan nom oldi, bu yerda ishtirokchilar  daraxtlarni quchoqlash jarayoniga qanchalik ijodiy yondashishiga ahamiyat beriladi. Bunga bir daqiqa vaqt ajratiladi.   

Tashkilotchilar tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda. Xohlagan odam daraxtni quchoqlab rasmga tushib, “TreeHugging” xeshtegi bilan, daraxtning jo‘g‘rofik koordinatalarini va nima uchun aynan shu daraxtni tanlaganligini izohlab tashkilotchilarga yuborishi mumkin

Arizalar 29-avgustgacha qabul qilinadi. Tanlov o‘zi esa Levidagi Xalipuu o‘rmonida 22-avgust kuni o‘tkaziladi.