Rossiyaning COVID-19'ga qarshi vaksinasini birinchi bo‘lib kim oladi?

Shifokor-pediatr, infeksionist va vaksinolog, "Lider-Meditsina" tibbiy markazining bosh shifokori Yevgeniy Timakov RFda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina va bundan buyon nimalar kutilayotgani haqida gapirib berdi.
Sputnik

Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Gamaleya nomidagi Ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasi 12-avgust kuni ro‘yxatga olinadi. Hozirda sinovning uchinchi, yakuniy bosqichi olib borilmoqda.

Dori vositasini sanoat ko‘lamida ishlab chiqarish sentabrda, koronavirusga qarshi ommaviy emlash esa Rossiyada oktabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

"Bu vektorli vaksinadir. Uning istiqboli katta, u tirik vaksina singari immunitetni vujudga keltiradi. U xavfsiz. Klinik sinovlarning birinchi bosqichi o‘tib bo‘ldi, hozirda vaksina Sog‘liqni saqlash vazirligida klinik sinovlarning keyingi bosqichiga o‘tish uchun ro‘yxatga olinmoqda - endi odamlarning katta miqdorida o‘tkaziladi", - deydi rossiyalik shifokor Yevgeniy Timakov Sputnik radiosi efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga ma’lum bir guruhga kiruvchi ko‘ngillilar emlanadi. Bundan keyingina aholini ommaviy emlash haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Biroq, mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu taxminan 6 oydan keyin amalga oshadi.

"Hozirgi kunda barcha mamlakatlarda vaksinalarning klinik sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Tabiiyki, kim birinchi bo‘lib katta guruhlarda ushbu sinovlarni o‘tkazsa, u birinchi bo‘lib bozorga chiqadi. Ammo, birinchi navbatda, u mamlakat ehtiyojlari uchun ishlatiladi, undan keyingina u bozorga chiqadi. Birinchi bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi odamlar - koronavirus infeksiyasi bilan doimiy muloqotda bo‘lganlar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar emlanadi", - deb qo‘shimcha qildi Timakov.

Mutaxassisning to‘liq sharhini radiopodkastda tinglang.

Rossiyaning COVID-19'ga qarshi vaksinasini birinchi bo‘lib kim oladi?