Rossiyada Google 1,5 million rubl jarimaga tortildi

Rossiyada 2018-yil 1-oktabrdan qidiruv tizimlari ma’lumotlar taqiqlangan yagona reyestrga ulanishlari va undagi saytlarni qidiruv natijalaridan istisno qilishlari shart.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiyada Google taqiqlangan havolalarni bergani uchun bir yarim million rubl jarimaga tortildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Google O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Ta’kidlanishicha, kompaniya takroran qoidabuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan. Sud ajrimi qonuniy kuchga kirgan, javobgar jarimani hali to‘lamagan.

Rossiyada 2018-yil 1-oktabrdan qidiruv tizimlari ma’lumotlar taqiqlangan yagona reyestrga ulanishlari va undagi saytlarni qidiruv natijalaridan istisno qilishlari shart.

Reyestrga ulanmagan Google avval ham bir necha marta Rossiyada taqiqlangan saytlarni qidiruv natijalaridan yetarlicha istisno qilmagani uchun jarimaga tortilgan.