O‘zbekistonga 300 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi - BSST

Ta’kidlanishicha, hafta oxiriga laboratoriyada ishlashtiladigan materiallaridan iborat yana bir insonparvarlik yordami yetkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining shtab-kvartirasi, COVID-19ga Butunjahon birdamligi va harakati jamg‘armasi orqali, O‘zbekistonga umumiy qiymati 300 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yana bir insonparvarlik yordamini yubordi. Sputnik O‘zbekistonga bu haqda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu safar Istambuldan kelgan reysda 500 dona kislorod konsentratori olib kelindi. Bundan tashqari, hafta oxiriga laboratoriyada ishlatiladigan materiallaridan iborat yana bir gumanitar yordam yuki yetkaziladi.

BSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppensning ta’kidlashicha, ularning tashkiloti BMTning hamkor tashkilotlari bilan birgalikda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi Xizmati bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida respublikaga umumiy qiymati 4 million dollardan ortiq bo‘lgan 3 ta yuk yetkazildi.

Birinchi partiya 8-iyul kuni yetib keldi va 619000 dan ortiq yuz himoyasi ekranlari va 2,1 milliondan ortiq jarrohlik niqoblarini o‘z ichiga oldi. Ikkinchi yuk 17-iyul kuni yetkazib berildi, u tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalaridan iborat edi: 95,2 ming ko‘zoynak, 178 mingta xalat, 12 mingta tibbiy niqob va 1 milliondan oshiq KN95 respiratorlari. Bundan tashqari, 24-iyul kuni Toshkentga 38,4 mingta test to‘plamlari yetkazildi.