TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olishga xizmat qilgan 400 nafar mahbus toliblarni ozod qilish to‘g‘risidagi Afg‘onistonning Maslahat Loya jirg‘asi qarorini olqishlaydi. Bu haqda TIV bayonoti e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon”* harakati o‘rtasida muzokaralar jarayoni boshlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va afg‘on zaminida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida tomonlar siyosiy iroda, konstruktiv yondashuv va murosaga tayyor ekanliklarini namoyish etishlariga umid bildiradi.
Xabarda yozilishicha, O‘zbekiston tinchlik jarayonini ilgari surishda har jihatdan yordam ko‘rsatishda davom etadi va afg‘on xalqiga tinch kelajak va farovon davlat qurishda har tomonlama ko‘maklashishga qat’iyan tayyor.
* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti