Xitoy AQShning 11 nafar amaldoriga qarshi sanksiyalar kiritdi

Xitoy Gonkong bo‘yicha sanksiyalarga javoban Amerikaning bir qator amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Xitoy Amerikaning bir qator amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy etganini ma’lum qildi, bu chora Gonkong bo‘yicha sanksiyalarga javoban kiritildi, deb xabar qildi RIA Novosti Xitoy TIV vakili Chjao Liszanning bayonotiga asosan.

Xitoy o‘ldiradigan yangi virus haqida ogohlantirdi

Xitoy rasmiy vakili 11 nafar Amerikaning rasmiylariga sanksiyalar qo‘llanilganini ma’lum qildi. Xususan, ro‘yxatga senatorlar Marko Rubio va Ted Kruz ham kiritildi.

Avvalroq AQSh Moliya vazirligi materik Xitoy va Gonkongning 11 yuqori lavozimli amaldorlariga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Ushbu harakatni bu odamlar "Gonkong avtonomiyasini buzganligi va Gonkong fuqarolarining so‘z va yig‘ilish erkinligini cheklaganligi" bilan tushuntirgan.

Avvalroq Sputnik radiosi ekspertning Xitoyning AQShga qarshi sanksiyalari qanday tahdid solayotganini gapirib bergani haqida xabar bergan edi.