TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Isroilda 18-karatli oq oltindan va 3600 dona olmosdan yasalgan tibbiy niqob yaratiladi, deb xabar beradi "Gazeta.ru".
Uning taxminiy narxi 1,5 million dollar bo‘lishi mumkin. Niqobga o‘rnatiladigan olmoslar ikki xil rangda bo‘ladi: qora va oq.
Bundan tashqari niqob yuqori sifatli N99 filtrlari bilan jihozlanadi. Niqobga buyurtmani AQShda yashab kelayotgan xitoylik ishbilarmon joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, hindistonlik 49 yoshli biznesmen Shankara Kurxade koronavirusdan himoyalanish uchun 4 ming dollarga tilladan niqob yasatgandi. Niqobni tayyorlashga 8 kun va 60 gramm oltin sarf qilingandi.