Dollar, yevro yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21,85 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 11-avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 231,71 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 38,00 so‘mga oshdi va 12 059,09 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,19 so‘mga yuqorilab, 138,65 co‘mni tashkil qildi.