Belarus prezidenti saylovlari: milliy ekzitpol natijalari e’lon qilindi

Saylovda saylovchilarning 79,01 foizi ishtirok etgan. MSK saylovning yakuniy natijalarini juma, 14-avgust kuni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko davlat rahbari saylovlarida 79,7 foiz ovoz oldi. Bundan milliy ekzitpol ma’lumotlari darak bermoqda, deya yozadi Sputnik Belarus.

So‘rov “Mir” davlatlararo teleradiokompaniyasi milliy vakolatxonasi buyurtmasiga asosan mamlakat bo‘ylab 320 ta uchastkalarda o‘tkazilgan. Unda 12 340 ming kishi ishtirok etgan.

Belarus prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tgan deb tan olindi

Lukashenkodan keyingi o‘rinda Svetlana Tixanovskaya, u 6,8 foiz ovoz olgan. Anna Kanopaskaya (2,3 foiz), Andrey Dmitriyev (1,1 foiz), Sergey Cherechen (0,9 foiz) bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Saylovchilarning 9,2 foizi hammaga qarshi ovoz bergan.

Keyinchalik Markaziy saylov komissiyasi Liliya Yermoshina Lukashenko besh hududda yopilgan uchastkalardagi ovozlarni hisoblash natijalariga ko‘ra yetakchilik qilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbarini 82,08 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. 6,98 foiz ovoz bilan Tixanovskaya ikkinchi o‘rinda.

Saylovda saylovchilarning 79,01 foizi ishtirok etgan. MSK saylovning yakuniy natijalarini juma, 14-avgust kuni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.