Moskvadagi Belarus elchixonasi oldida saylovda ovoz berish uchun turnaqator navbat – video

Moskvadagi Belarus elchixonasi oldida prezident saylovlarida ovoz berishni istaganlar navbati kilometrga cho‘zildi. Sputnik muxbiri 3 mingdan 5 ming nafargacha saylovchilarni sanadi.
Sputnik

Bugun, 9-avgust kuni prezident saylovlarining asosiy kuni.

Belarus prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tgan deb tan olindi

Belarusda besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishmoqda: Aleksandr Lukashenko, Sergey Cherechen, Anna Kanopaskaya, Andrey Dmitriyev, Svetlana Tixanovskaya.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, soat 14:00 da 65,19 foiz saylovchilar ovoz berishgan.

Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak. Saylanish uchun ovozlarning yarmidan ko‘pini olish talab etiladi.