Belarus prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tgan deb tan olindi

Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Soat 12:00 da (mahalliy vaqt bilan) Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tgan deb tan olindi. Bu haqda Sputnik Belarus nashri Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Yermoshinaning so‘zlariga ko‘ra, soat 12:00 da saylovda ovoz berganlar 54 foizni tashkil etdi va bu saylovni bo‘lib o‘tgan deb tan olishga imkon beradi.

Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak. Saylanish uchun ovozlarning yarmidan ko‘pini olish talab etiladi.

Belarusda besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishmoqda: Aleksandr Lukashenko (amaldagi prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopaskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev  (jamoat arbobi, “Govori pravdu” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (ro‘yxatdan o‘tish rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).