O‘zbekiston taniqli kompozitoridan ayrildi

Yetuk kompozitorning eng so‘nggi ishi bir necha oy oldin shov-shuvli premyerasi bo‘lib o‘tgan "101" kinoasari edi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Taniqli kompozitor va dirijor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, "O‘zbekkino" milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev 66 yoshida vafot etdi.

Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

50 dan ortiq badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko‘plab qo‘shiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga "Bomba", "Sharif va Ma’rif", "Osmondagi bolalar","“Alanga ichidagi farishta", "Oq bino oqshomlari", "Uch qirol jangi", "Oyi" filmlari kiradi.

Yetuk kompozitorning so‘nggi ishi bir necha oy oldin premyerasi bo‘lib o‘tgan "101" kinoasari edi.