Xitoy o‘ldiradigan yangi virus haqida ogohlantirdi

Infeksiyani yuqtirgan bemorlardan birining aytishicha, kasallik yo‘tal, issiq ko‘tarilishi, shuningdek, qonda leykotsitlar va trombotsitlar darajasi kabi belgilar bilan kuzatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Xitoyda yangi SFTS virusi avj olayotgani kuzatilmoqda. U kanalar orqali yuqadi, deb xabar bergan Global Times.

Pekinda topilgan virus Uxandagidan ko‘ra yuqumliroq - mutaxassis

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusni 60 kishi yuqtirib olgan, yetti nafari qurbon bo‘lgan.

Dastlab infeksiya Szansu provinsiyasida aniqlangan, keyinchalik virus Anxoy provinsiyasi aholisi orasida ham tarqalgani qayd etilgan.

Infeksiyani yuqtirgan bemorlardan birining aytishicha, kasallik yo‘tal, issiq ko‘tarilishi, shuningdek, qonda leykotsitlar va trombotsitlar darajasi kabi belgilar bilan kuzatiladi.

SFTS ilk marotaba 2011-yilda qayd etilgan. Virus kanadan odamga, infeksiyalangan odamdan boshqa odamga - qon va shilliq parda orqali yuqadi.