Elor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod qilindi - OAV

Mahalliy OAVlarda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, Elor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etilgan. U ushbu idorani 2020-yil yanvaridan boshlab boshqarib kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda OAVlar.

G‘aniyev ushbu vazirlikni joriy yil yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Qator nashrlar ta’kidiga ko‘ra, Elor G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Transport vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Hozircha G‘aniyevning qaysi lavozimga tayinlangani va Transport vazirligiga yangi tayinlov haqida ma’lumotlar berilgani yo‘q.