TOShKENT, 7 avg - Sputnik. "Sifrovie platformi" analitik markazining strategik aloqalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova, agar smartfon suvga tushib ketsa va u yoqilmasa, uni qanday saqlab qolish kerakligi haqida so‘zlab berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy telefonlar suvga chidamli va agara u tezda suvdan chiqarib olinsa, ehtimol unga zarar yetmasligi ham mumkin. Biroq, har ehtimolga qarshi, uni o‘chirib faqatgina bir kundan keyin yoqish mumkin. Agar qurilma suvga chidamsiz bo‘lsa va "hayot alomatlari" bilinmasa, uni yoqishga, tugmachalarni bosishga va silkitishga urinishning hojati yo‘q. Bu tizimli platasi yoki alohida qismlarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin - telefonning ba’zi elementlarini almashtirib bo‘lmaydi.
"Uni o‘zingiz quritishga urinmang - siz qismlarga zarar yetkazish xavfini tug‘dirasiz. Yaqin joylashgan ustaxonada qurilmani qismlarga ajratib, uni kerakli joylarini tekshirib, quritib berishlari mumkin, bu unchalik qimmat bo‘lmaydi. Bu yo‘lni tanlash orqali siz qimmat qismlarni almashtirilishidan yoki yangi smartfon sotib olishdan saqlanasiz", - deydi Gavrilova.