Xitoyda kuchli to‘fon sharsharani teskari oqishga majbur qildi - video

"Xagupit" to‘foni 190 metr balandlikdagi Linfen tog‘ sharsharasini teskari yo‘nalishda oqishga majbur qildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. "Xagupit" to‘foni 190 metr balandlikdagi Linfen tog‘ sharsharasini teskari yo‘nalishda oqishga sabab bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.

Videoda kuchli shamol sharshara suvini uchirib yuborishi aks etgan. Kuchli “Xagupit” to‘foni Xitoyning Chjeszan provinsiyasiga yopirilib keldi.

Shamol tezligi soatiga 136 kilometrgacha yetdi, ayrim sharqiy sohilbo‘yi tumanlarida 4 metr balandlikdagi to‘lqinlar qayd etildi. 380 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi.

Poyezd harakati to‘xtatildi, ba’zi avtomagistral yo‘llari yopildi, ko‘pgina uylar elektr energiyasiz qoldi.