Twitter Tramp kampaniyasi akkauntini vaqtincha blokladi

Koronavirus haqidagi yolg‘on fikr aks etgan video sabab Donald Tramp kampaniyasining rasmiy akkauntini vaqtincha bloklab qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Twitter ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Tramp kampaniyasining rasmiy akkauntini vaqtincha bloklab qo‘ydi. Bunga koronavirus haqidagi yolg‘on fikr aks etgan video sabab bo‘lgan. Bu haqda CNN telekanali ijtimoiy tarmoq vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda.

Avvalroq yangi koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatilishiga qarshi kurashga qaror qilgan Facebook ushbu videoni Tramp sahifasidan o‘chirib tashlagan. Videoda Amerika yetakchisining Fox News telekanaliga bergan intervyusining parchasi aks etgan va unda Tramp bolalar “COVID-19 ga deyarli moyil emas” degan fikrni bildirgan.

Twitter vakili ushbu video Twitterʼning "SOVID-19 haqidagi dezinformatsiya qoidalarini buzishini” ma’lum qilgan. Akkaunt egasi tvitni o‘chirishi kerak, shundan so‘ng yana xabar yozishi mumkin.