Tojikistonda prezident saylovi sanasi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston parlamentining yuqori va quyi palatasi navbatdagi prezident saylovlarini joriy yilning 11-oktabr kuniga belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Tojikistonda prezident saylovlari 2020-yil 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston nashri xabar bermoqda.

“Tojikistonda navbatdagi prezident saylovlari joriy yilning 11-oktabr kuniga belgilangan”, - deyilgan xabarda.

6 avgust kuni Tojikiston parlamentining yuqori va quyi palatasi qo‘shma majlisida navbatdagi prezident saylovini o‘tkazish sanasi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Tojikistonda prezident 7-yil muddatga saylanadi. Amaldagi respublika prezidenti Emomali Rahmon ushbu lavozimni 1994-yil noyabr oyidan buyon egallab kelmoqda.