Lukashenko Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini taklif qilish haqida topshiriq berdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini taklif qilish haqida topshiriq berdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk yaqinida rossiyaliklar qo‘lga olinishi holati yuzasidan mamlakatga Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini taklif qilish to‘g‘risida topshiriq berdi.

“Korona”, Rossiya, saylov va xoinlik: Lukashenkoning xalqqa murojaatnomasi

Kuni kecha Lukashenko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bu holatni telefon orqali muhokama qildi. Kiyev qo‘lga olinganlarni Ukraina janubi-sharqidagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlikda gumon qilmoqda.

Belarusda rossiyaliklarni qo‘lga olinishi

Belarus hukumati 29-iyulda 33 nafar rossiyalik qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Minsk ularni xususiy harbiy kompaniyaning  “jangarilari” deb hisoblamoqda. Rossiyaliklar Belarusda saylov oldidan ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Belarus tomonining rossiyaliklar hibsga olish holatini noto‘g‘ri talqin qilishi hech qanday tanqidga bardosh bermasligini ta’kidlab, keraksiz salbiy his-tuyg‘ular keskinligini oshirishni to‘xtatishga chaqirdi.

Bundan avval Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Minskda qo‘lga olinganlar “katta ehtimol bilan” xususiy xavfsizlik kompaniyasining xodimlari ekanligi, Minskda tranzit tartibida bo‘lib, reysga kech qolganliklarini aytgandi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kremlda ular qonunga zid ish qilishgani haqida hech qanday ma’lum yo‘q. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Belarusning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan va aralashmayapti.