4 avgust kuni Beyrutning port qismida kuchli portlash yuz berdi. Hukumat 6-yil davomida noto‘g‘ri saqlangan 2,7 ming tonna ammiak selitra portlash sababini keltirdi. shahar binolarining yarmi shikastlandi, kasalxonalar jarohatlanganlar bilan to‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 135 kishi halok bo‘ldi, 5 mingga yaqin kishi jarohatlandi.
Portlash sodir bo‘lgan Beyrut portiga tutash bo‘lgan hududlar elektr energiyasiz qolmoqda, minglab fuqarolar hanuz o‘z uylariga kira olmayapti, deb xabar qildi RIA Novosti.
Brigadalar vayronalardan tozalash ishlarini olib borish va kommunikatsiyalarni tiklash ishlarini olib bormoqda. Energiya yo‘qligi sababli uylarda suv ta’minoti yo‘q, uyali aloqa va internetda uzilishlar kuzatilmoqda.