Yerdagi jahannam: AQShning Yaponiya shaharlariga atom bombasini tashlashi

Sputnik

1944 yil yozida bombani jangovar qo‘llashga tayyorgarlik ko‘rilgan. 1945-yil may-iyun oylari davomida Tinch okeanining Marian orollari arxipelagi va Tinian orollariga Amerikaning 509-chi qo‘shma aviatsiya guruhi yetib keldi. 1945-yil 25-iyulda AQSh prezidenti Garri Trumen Xirosima, Kokuru, Niigatu va Nagasaki shaharlarini bombardimon qilish to‘g‘risida buyruq berdi.  

75 yil oldin soat 8.15da 10 ming metr balandlikdan uran zaradiga ega bo‘lgan Little Boy atom bombasi Xirosima shahriga tashlandi, bomba 600 metr balandlikda portladi.

Atom bombalari portlashi oqibatida 80 mingga yaqin odam darhol halok bo‘ldi, 12 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qoldi, 40 ming kishi jarohatlandi.

Portlash episentridan to‘rt kilometr radiusda yong‘inlar bir necha soat davom etdi. 12 kvadrat kilometr maydonda binolar -  90 ming uydan 62 mingtasi butunlay vayron bo‘ldi.

9 avgust kuni soat 11.01 da AQSh raketa-tashuvchi samolyoti ekipaji Nagasaki shahriga Fat Man atom bombasini tashladi. Buning oqibatida 73 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi, keyinchalik yadro nurlashish va jarohatlardan 35 ming kishi vafot etdi.

Ikki bomba tashlanishi natijasida sal kam 300 ming kishi (qurbon, bedarak yo‘qolgan) jabrlandi, 200 ming kishi radiaktiv nurlanishga uchradi.

1 / 16
Nagasakida atom bombasi portlashidan so‘ng qo‘ziqorin shaklida bulut hosil bo‘ldi.
2 / 16
Xirosima - atom bombasi tashlanganidan so‘ng.
3 / 16
Xirosima, atom bombasi tashlanishi oqibatida jabrlangan kishi.
4 / 16
Xirosima bombardimon qilishdan so‘ng vayronalar
5 / 16
Xirosima vayron bo‘lgan ibodatxona.
6 / 16
Nagasaki atom bombardimonini boshidan kechirgan ayol bolasi bilan, 1945-yil 9-avgust.
7 / 16
Xirosimada muxbir vayron bo‘lgan kinoteatr oldida, 1945-yil 8-sentabr.
8 / 16
Xirosima shahrida bombardimon qilinishidan so‘ng hosil bo‘lgan bulut.
9 / 16
Xirosima va Nagasakini bombardimon qilishda ishtirok etgan AQSh uchuvchilari.
10 / 16
Vayron bo‘lgan Nagasaki, 1945-yil 24-sentabr.
11 / 16
Xirosima bombardimon qilishdan oldingi ko‘rinishi, 1945-yil.
12 / 16
Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, Xirosima.
13 / 16
Nagasaki osmonida hosil bo‘lgan atom buluti.
14 / 16
Xirosima atom bombasi tashlanishi oqibatida jarohatlangan 22 yoshli erkak.
15 / 16
Xirosima shahrida bomba tashlanishi oqibatida vayron bo‘lgan ko‘chalarda Amerika harbiylari.
16 / 16
Nagasakidagi Torii marosim darvozasi.