Habibning O‘zbekiston gerbi aks etgan libosdagi surati bir milliondan ortiq layk to‘pladi

Habib Nurmagomedov oktabrda rejalashtirilgan Jastin Getjiga qarshi jangiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston gerbi aks etgan libosda o‘tkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekiston gerbi aks etgan libosli suratini Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Habibning O‘zbekiston gerbi aks etgan libosdagi surati bir milliondan ortiq layk to‘pladi

Ushbu surat bir necha soat ichida bir milliondan ziyodroq layk va 18 mingga yaqin izoh to‘plashga ulgurdi.

“Savollar har doim bo‘ladi, ular kam emas. Eng asosiysi, ularning javobini bilishing, xom hayollar miyangga o‘rnashib qolishi mumkin. Jangga 80 kun qoldi”, — deya sharh yozgan Habib surat ostida.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi taklifi bilan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni bo‘lgan edi.

Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida 24-oktabr kuni Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.