Turkiyada ukrainalik top-model ayovsiz kaltaklandi - video

Ukrainalik top-model Darya Kirilyuk Turkiyada plyaj qorovullari tomonidan kaltaklangani yuzasidan shikoyat qildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Ukrainalik top-model Darya Kirilyuk va uning yigiti va do‘stlari Turkiyada plyaj qorovullari tomonidan kaltaklangani yuzasidan shikoyat qildi.

Turkiyaning Snob Magazin nashri “Cheshme” kurortida Kirilyuk bilan bog‘liq hodisa aks etgan videoni e’lon qildi.

Bundan avval Kirilyuk instagramda Momo plyajida qorovullar hujumiga uchragani haqida ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt nafar ayol kaltaklangan.

Plyaj ma’muriyati ushbu holat hudud tashqarisida yuz bergani va uning xodimlari bunga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.