Toshkent viloyati tun davomida aniqlangan koronavirus bo‘yicha poytaxtni ortda qoldirdi

O‘tgan tun davomida yana 267 ta COVID-19 bilan kasallanish qayd etildi. Toshkent viloyati va poytaxtda yashagan ikki fuqaro koronavirusdan vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yangi 267 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Shundan 125 tasi Toshkent viloyatida aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Qolgan yangi kasallanganlarning 84 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Buxoro viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish yo‘llarini puxta o‘rganish topshirig‘ini berdi

Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 27 314 nafarga yetgan.

Tun davomida koronavirus bilan kasallangan Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. va Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan ikki bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 167 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 18 051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 096 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 619 nafari og‘ir, 208 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.