Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaksinani yaratish bosqichlari ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, “Vektor” markazining koronavirusga qarshi vaksinasi barcha qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda ishlab chiqilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. “Vektor” markazining koronavirusga qarshi vaksinasi barcha majburiy talablar va meyoriy tavsiyalar, shuningdek, klinikka qadar va klinik sinovlarni o‘tkazish qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmatining RIA Novostiga ma’lum qildi.

Avvalroq Telegraph gazetasi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer Rossiya litsenziyani qo‘lga kiritishdan oldin vaksinaning barcha zaruriy sinovlarini o‘tkazish zarurligini aytganini xabar qilgan edi.

Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish yo‘llarini puxta o‘rganish topshirig‘ini berdi

“Yangi koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaksinasi Rospotrebnadzorning "Vektor" FBUN GNS VB tomonidan Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha majburiy talablar va normativ tavsiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, "Vektor" BSST tavsiyalarini kuzatib bormoqda, vaksinanining klinikka qadar va klinik tadqiqotlar protokollari ichki va jahon tajribasini hisobga olmoqda, tadqiqotlar o‘tkazish qoidalariga qat’iy rioya qilish esa "Rossiya aholisi uchun xavfsiz va sifatli vaksina ishlab chiqilishiga ishonch beradi".

Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginzburg avvalroq bolalarda koronavirus vaksinasi faqat kattalardagi sinovlar tugagandan keyingina o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Bolalarda dori vositasi sinovlari faqatgina 2021-yil yanvar-fevral oylarida boshlanishi mumkin.