Rossiya MSK Belarusdagi saylovlarga kuzatuvchi yubormaydi

Belarusda davlat rahbari saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, saylov poygasida besh nomzod, shu jumladan, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko ham qatnashmoqda. Seshanba kuni respublikada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. RF Markaziy saylov komissiyasi Belarusda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarini kuzatmaydi, chunki Minsk tomonidan taklifnoma olmagan, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tufayli RF o‘z vakillarini respublikaga yuborishi imkoniyati mavjud emas, deb xabar qildi RIA Novostiga MSK rahbari Ella Pamfilova.

Lukashenko nega tez orada o‘z xatosini to‘g‘rilaydi?

Belarusda davlat rahbari saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, saylov poygasida besh nomzod, shu jumladan, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko ham qatnashmoqda. Seshanba kuni respublikada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

"Rossiya MSK belaruslik hamkasblardan an’anaviy rasmiy taklifnomani olgani yo‘q", - dedi Pamfilova.

Pamfilova shuningdek, RF kuzatuvchilari EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi va MDH missiyalari tarkibida ham bormasliklarini qo‘shimcha qilgan. Uning aytishicha, DIIHBB belarus tomonidan taklifnomani kech olgan, MDH MSK orqali esa RF o‘z vakillarini "yumshoq qilib aytganda, belarus rahbariyatining koronavirus pandemiyasiga bo‘lgan o‘ta spetsifik munosabati tufayli", yuborish mumkin deb hisoblamaydi.