TOShKENT, 4 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. Olimpiada-80 o‘yinlariga 5 mingdan ortiq avtobus jalb qilingan, ammo ulardan faqat 550 tasi bevosita sportchilar va muxlislarga xizmat ko‘rsatgan. Asosiy olimpiya yo‘nalishlarida ishlash uchun Moskva va Moskva viloyatidan 1300 nafar eng yaxshi haydovchilar jalb qilingan, tanlov juda jiddiy bo‘lgan. Xorijiy delegatsiyalarni tashigan Aleksandr Marochkinning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi haydovchilarga ko‘p talablar qo‘ygan.
Rulni to‘g‘ri tutish kerak
Nomzodlarni saralash Olimpiadadan atigi to‘rt oy oldin yakunlandi - haydovchilar darhol haydash etiketi kurslariga yuborildi. Aleksandr Marochkin aytishicha, hammasidan ham uning esida rulni qanday tutish kerakligi mashg‘uloti qoldi.
"Biz axir xohlaganimizday haydardik, - deydi u. – Bu yerda esa chiroyli ko‘rinishi uchun rulga qo‘llarni qanday to‘g‘ri qo‘yish kerakligini tushuntirishgan".
"Ish staji o‘n yildan kam bo‘lmasligi va birinchi darajali haydovchi maqomi bo‘lishi kerak edi, - deydi Marochkin. - Agar mos kelsa, uni tibbiy ko‘rikka jo‘natishardi, keyin DAN tekshiruviga".
Taxminan shu vaqtning o‘zida, haydovchilar avtobuslarni qabul qildi – yangi, zavoddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuning uchun ularni birinchi navbatda sinovdan o‘tkazib tayyor qilib qo‘yish kerak edi. Masalan, haydovchi Nikolay Yuganovga aavaliga bu avtobuslarda bolalarni pionerlar lageriga olib borish topshirildi. Shuningdek Moskva viloyati shaharlaridan Olimpiadaga kelgan barcha haydovchilar SSSR poytaxti bo‘ylab safarlar qilishlari, yo‘nalishlarni o‘rganishlari kerak edi.
Uchuvchilar kabi kiyindik
Olimpiada tashkilotchilari haydovchilarning tashqi ko‘rinishiga ham katta e’tibor berishdi. Aeroportda muxlislarni kutib olgan Nikolay Shkalikov, har bir haydovchiga forma berilganligini eslaydi. U ikkita kostumdan iborat bo‘lgan. Biri yengil, kulrang jinsi materialidan tikilgan, ikkinchisi esa uchuvchilarniki singari zichroq, to‘q ko‘k rangda edi. Bir hil tondagi jiddiy galstuklar va ko‘k rangli ko‘ylaklar bu o‘xshashlikni yanada kuchaytirdi va sayyohlar ba’zan Olimpiada avtobusi haydovchilarini uchuvchilarga o‘xshatishgan.
Musobaqalar davomida haydovchilar O‘yinlarga maxsus ta’mirlangan mehmonxonalarda yoki yotoqxonalarda joylashtirilgan.
"Masalan, biz Dmitriy Ulyanov ko‘chasida yotoqxonaga joylashganmiz, - deydi Aleksandr Marochkin. - Biz bir xonada uch kishiga yashar edik va kunora ish jadvalimiz bo‘lgan. Navbatchilarimiz ketishganda, men xonani tartibga solardim, uchuvchilarnikiga o‘xshagan ko‘ylaklarni yuvib dazmollardim. Keyin - aksincha. Biz do‘stona yashardik".
Saqich olish mumkin emas!
Olimpiada-80 haydovchisining odatiy ish kuni quyidagicha edi. Avtobuslarning aksariyati Moskva davlat universiteti hududida, olma bog‘ida turar edi. Bu yerda musobaqalar uchun maxsus vaqtincha nazorat punkti va to‘xtash joyi o‘rnatildi. Aleksandr Marochkin eslashicha, haydovchilar afsonaviy LAZ avtobuslarida ishlagan.
"Yumshoq LAZlar bo‘lar edi, ularda konsert-muzeylarga olib borishgan, - deb tushuntiradi u. - Shuningdek, ular qattiqroq deb nomlangan yoki LAZ-695 ham bor edi. Biz aynan shularda ishlaganmiz, chet elliklarni sport tadbirlariga tashiganmiz".
Haydovchilar uchun asosiy yo‘nalishlar Lujniki stadioni, "Olimpiyskiy" va "Krilatskoe" sport majmualari, "Sokolniki", "Izmailovo" va "Dinamo" sport saroylari va "Bitsa" ot sporti markazi edi. Har kuni kechqurun, avtobuslar turish joyiga qaytganda, avtobuslarni KGB xodimlari tekshirib ko‘rishardi, ammo bunda hech yomoni yo‘q edi, deydi Nikolay Shkalikov: "Juda bo‘lsa, savol berishlari mumkin edi, qanday, nima gaplar? Salon tekshirishadi, yukxonani ochishadi, shu bilan bo‘ldi".
Biroq, qat’iy cheklovlar ham bo‘lgan. KGB mashg‘ulotlaridan boshlab haydovchilarga: nima bo‘lganida ham saqich va sigaretalar olinmasin, deyilgan. Faqat znachoklar bilan almashish mumkin edi, deb eslaydi Nikolay Yuganov.
"Sayyohlarga taklif qilinsa, rad etishimiz tayinlanganini axir aytib bo‘lmaydiku, - deydi u. - Vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga harakat qilganmiz. Ular chekishni taklif qilishsa, siz: "Yo‘q, yo‘q, men chekmayman, rahmat", deyishingiz kerak".
Rus ayiqlari, hayratda qolgan fransuzlar va hind plashi
Ammo KGBda avtobuslarda unutilgan sayyohlarning shaxsiy buyumlariga juda jiddiy munosabatda bo‘lishgan. "Agar avtobusda biron narsa topsak, kechqurun uni inspektorlarga topshirishimiz kerak edi, - deydi Nikolay Yuganov.— Keyinchalik esa uni o‘zlari qaytarib berishardi".
Sovet hukumati haydovchilarning xatti-harakatlariga e’tibor bergani bejiz emas edi. G‘arb OAVlari o‘z o‘quvchilarini Moskvadagi Olimpiadaga borishdan bosh tortishga chaqirgan, SSSR barcha darajalarda servis bo‘lmaganligi haqida yozganlar. Bu da’volarni rad etish uchun Olimpiada tashkilotchilari "mehmonlar qoniqsa bo‘ldi" tamoyili bo‘yicha harakat qilishgan, deydi Aleksandr Marochkin va hindistonlik mehmon ayol bir safar plashini yo‘qotib qo‘yganini misol keltiradi.
"U plashini avtobusda emas, balki sayr paytida qayerdadir qoldirib qo‘ygan, - deydi haydovchi. - Lekin u xafa bo‘lib qolmasligi uchun unga:" Hech qisi yo‘q, hozir do‘konga borib, yangisini sotib olamiz", deyishdi. Shu tariqa unga davlat hisobidan plash olib berishdi".
Aleksandr Marochkin, uning hamkasbi, bir necha keksa fransuzni olib yurganini esga oladi. Er-xotin juda chanqoq bo‘lib limonad sotib oldilar, ammo shishani ocholmadilar.
"Do‘stim oynada bu holatni ko‘rib, shishani oldi-da bir zumda uni ochib berdi. Tasodifni qarang, shu kuni dengiz floti bayrami nishonlanayotgan edi va fransuzning ko‘zlari katta-katta ochilib: "Bu yerda hammangiz rus ayiqlarisizlar!, dedi. Biz bundan uzoq vaqt kuldik".
Til bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan
Ba’zan haydovchilar bilan gidlar birga ishlagan, lekin ba’zida chet elliklarni ularsiz tashishga majbur bo‘lishgan. Bunda sayyohlar bilan muloqotda muammolar bo‘lmagan. Birinchidan, avtobus oldi oynasida sport turi yozilgan tarfaret yordam bergan – shu tariqa Olimpiada mehmonlari ushbu haydovchi bilan qanday musobaqalarga borish mumkinligini tushunishgan.
Ikkinchidan, har bir haydovchiga muxlislarni kutish uchun qaysi stadionga borishi va qaysi sektor yoki chiqish yo‘lagida kutishi kerakligi haqida yozma batafsil buyurtma berilgan.
Hammasidan ko‘ra nemislar bilan gaplashish osonroq edi, deb eslaydi Nikolay Yuganov. "Nimasi tushunarsiz?- deydi u. – Ular "Faren" deyishsa, demak yurishimiz kerak. Kerakli manzilga kelganimizdan keyin ular ketishadida, qaytib kelib "bay-bay!" desa, demak ularni yotog‘iga oborish kerak. Shunday qilib, tshpalon yoki tushunmovchiliklar bo‘lmagan, hammasi yaxshi yaxshi o‘tdi".
Biz ishlagani keldik
Voqealar qoq markazida bo‘lgan Olimpiada haydovchilari deyarli bitta ham tadbirni ko‘risholmadi. O‘yin tashkilotchilari ularni boshidanoq ogohlantirishdi: ular Olimpiada o‘yinlarini asosan televizor orqali tomosha qilishadi. Haydovchilarga bitta musobaqaga borish huquqi berildi - o‘zlarining xohishiga qarab.
"So‘rovnomani oldindan to‘ldirib qo‘yish kerak edi, do‘stim bilan velosportga shunchaki bordik, biz uchun juda qiziq edi, - deydi Aleksandr Marochkin. - Ammo biz xafa bo‘lmadik. Tushundik: axir bu yerga biz ishlagani kelganmiz".
Biroq, stadionlar oldida to‘xtab turgan ko‘plab haydovchilar O‘yinlar yopilishining eng mashhur qismi - Olimpiya ayiqchasining parvozini tomosha qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Ammo Aleksandr Marochkinning so‘zlariga ko‘ra, ularsiz ham raqobat yetarlicha bo‘lgan, chunki Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi haydovchilar o‘rtasida o‘ziga xos birinchilikni o‘tkazgan.
"Reyslar soni va ishlagan soatlari bo‘yicha biz o‘z natijalarimiz sarhisob qilindi. Natijada kolomnalik haydovchilar birinchi o‘rinni egalladi, biz esa, Orexovo-zuyevoliklar, uchinchi bo‘ldik".