“Korona”, Rossiya, saylov va xoinlik: Lukashenkoning xalqqa murojaatnomasi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qildi. Konstitutsiyaga binoan, prezident har yili parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qilishi zarur.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qildi.

Konstitutsiyaga binoan, amaldagi prezident har yili parlament va xalqqa murojaatnoma bilan chiqish qilishi zarur. An’anaga ko‘ra, murojaat aprel oyida bo‘lib o‘tadi, ammo pandemiya sababli keyingi muddatga qoldirildi.

Dunyoni larzaga solmoqda

Belarus yetakchisi o‘z chiqishi boshida dunyoda yuzaga kelgan vaziyat xususida to‘xtaldi.

“Dunyo globallashmoqda, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi tobora o‘sib bormoqda. Global chaqiriq va tahdidlar, hatto ularning paydo bo‘lishi va sabablari bizning chegaramizdan 1000 km uzoqlikda bo‘lsa ham, istisnosiz deyarli dunyoning barcha davlatlariga ta’sir qilmoqda, shu jumladan bizga”, - dedi Lukashenko.

Uning fikriga ko‘ra, hamma narsani baholash kerak. U Belarus geografik holatini va mamlakatning yaqin iqtisodiy aloqalarini haqida eslatdi, shuning uchun dunyoda ro‘y berayotgan voqealar respublikaga ham ta’sir qiladi.

Lukashenko nega tez orada o‘z xatosini to‘g‘rilaydi?

"Dunyo tobora beqaror va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib bormoqda. Bugun hech kim bashorat qila olmaydi", -  dedi u.

Lukashenko davlatlar va bloklar o‘rtasidagi prinsipial qarama-qarshiliklar haqida eslatdi. Bugungi kunda, uning so‘zlariga ko‘ra, "butun sayyorani larzaga solmoqda", garchi qator yetakchi davlatlar hali o‘z pozitsiyalarini bildirishmadi.

Prezident yana muammolarni hal qilish mexanizmlari yo‘qligi haqida gapirdi. Shuningdek, u iqtisodiy ziddiyatlarning kuch bilan hal etishga o‘tish mavzusiga to‘xtaldi: xususan, AQShdagi norozilik namoyishlari, Hindiston-Xitoy chegarasidagi mojaro va yilning boshqa voqealari haqida gapirdi.

Lukashenkoga ko‘ra, ko‘plab "eski mojarolar" postsovet hududida ham mavjud. Shu bilan birga, u Belarus "Yevrosiyoning markazidagi yagona tinch bo‘g‘in" ekanligini aytdi.

“Belarus kimgadir qarshi hech kim bilan do‘st bo‘lmaydi. Respublika ko‘p vektorli va oldindan aytib bo‘ladigan tashqi siyosat tarafdori", - deya ta’kidladi.

Lukashenko "Belarusda yoki Rossiyada hukumat tepasida kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Rossiya har doim bizning eng yaqin ittifoqdoshimiz bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi". Shu bilan birga, prezident mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar "qardoshlikdan sheriklik”ga o‘zgarganini aytdi.

Belarus koronavirus bilan qanday kurashdi

Asosiy global mavzulardan biri - koronavirus pandemiyasi haqida gapirganda, Lukashenko bu dunyo duch kelgan birinchi pandemiya emasligini eslatdi.

"Biz yangi pandemiyaga ozmi-ko‘pmi, iloji boricha tayyor holda kirdik", - dedi prezident.

Lukashenko Belarusda infeksion shifoxonalar, sanitar xizmatlar, koyka-o‘rin fondi, diagnostika va davolash uskunalari saqlanib qolinganini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy kamchilik va xavf bu noma’lum virus va uning tarqalishining tabiati.

"Ammo ikkinchi tomonda, bu Belarusning ilm-fani, shifokorlarning fidoyiligi va eng muhimi, fuqarolar, ayniqsa qariyalarning munosib xulqi oxir-oqibat taroz pallasini bosdi. Shifoxonalar frontdagiday, kasallarni saralamadi",- deb qo‘shimcha qildi u.

Lukashenkoning sobiq raqibi dunyoning 32 yetakchisiga maktub yozdi

Lukashenko mamlakatda koronavirus bilan kurashish uchun zarur choralar ko‘rilganiga ishonadi.

"Va bugun hamma davlatlar biz to‘g‘ri ish qilganimizni tan olishmoqda, lekin boshida qanday bosim bo‘lgan? JSSTning barcha davlat uchun shablon tavsiyalar: zudlik bilan karantin, komendantlik soati, chegaralarni yopish, korxonalarni yopish ... Men bunga bora olmadim", - dedi prezident.

Belarus COVID-19 bilan kurashish uchun boshqa yo‘lni tanladi va Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qarshi tura oldi. U "ma’lum bir kamchiliklar" mavjudligini tan oldi, ammo ular odamlarni qutqarishga muvaffaq bo‘lganligini ta’kidladi.

Pandemiyadan kelib chiqadigan xulosalar haqida gapirganda, prezident mish-mishlarga ishonmaslik kerakligini,  "o‘z boshi bilan o‘ylash" kerakligini ta’kidladi. Bundan tashqari, u dori-darmonlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish, tibbiy markazlar va maxsus aloqa guruhlarini yaratish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida gapirdi.

Pandemiyadan keyin, uning iqtisodiyotga ta’sirini yo‘q qilish kerak, dedi Lukashenko. U bir qator, jumladan eksportni diversifikatsiyalash va energiya manbalarini yetkazib berish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

"Har qanday qarorni qabul qilamiz, faqat xoinlik qilmang"

Lukashenko o‘z nutqida “Hukumat davlat yetakchisini saylashda mamlakat fuqarolarining har qanday qarorini qabul qiladi, ammo “xoinlik” qilmasliklarini” so‘radi.

Lukashenko nega tez orada o‘z xatosini to‘g‘rilaydi?

"Men bugun butun dunyo uchun aytaman. Biz, hukumat, va men, avvalambor, amaldagi prezident sifatida, sizning har qanday qaroringizni qabul qilamiz. Faqat hech qachon xoinlik qilmang, xoinlik u dunyoda ham kechirilmaydi", - dedi u.

"Agar qodir bo‘lmasangiz va bir narsaga tayyor bo‘lmasangiz - chetga chiqing, xalaqit bermang, oyoq ostida o‘ralashmang, mamlakatni qutqarishga imkon bering. Bir-ikki yil ichida biz bu vaziyatni hal qilamiz va Belarus xalqi uchun qanday kerak bo‘lsa, shunday qilamiz, ammo bugungi kunda hissiyotlar bilan biron bir masalani hal qilib bo‘lmaydi", - deb ta’kidladi Belarus rahbari.

Qo‘lga olingan rossiyaliklar

Aleksandr Lukashenko, Minsk yaqinida qo‘lga olingan rossiyaliklar xususida ham to‘xtaldi.

"Belarusliklarga qarshi milliardlab resurslar tashlandi, eng yangi texnologiyalar safarbar qilindi. Men qandaydir munozarani hayron qolib kuzatmoqdaman <...> internet-kanallarida yaqinda Belarusda 33 jangarining hibsga olinishi borasida, u yerda qanday xulosalar va takliflar bor. Shungacha borishdiki, ikki prezident kelishib oldi. Bu juda xavfli va kuchli signal. Bularning hammasi yolg‘on. Istanbul, Venesuyela, Afrika va Liviya haqida" - dedi prezident.

Lukashenko ta’kidlashicha, ushlanganlarga "odamgarchilik bilan" munosabatda bo‘lishgan, shuning uchun ular "hamma narsani aytib berishdi": xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar "ataylab Belarusga" yuborilganliklari haqida guvohlik berishdi.

"Istambulga sotib olingan chiptalarni “kutish” buyrug‘i - bu afsona. Rossiya chegarasi yopilganligi sababli ular bu yerda, u yerda ham Istanbulga uchayotganliklarini ko‘rsatishlari kerak edi", - deb qo‘shimcha qildi respublika rahbari.