COVID-19 erkaklar sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatadi – mutaxassis izohi

Yevropa urologlar uyushmasining haqiqiy a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Zufar Hakimxodjayevning ta’kidlashicha, koronavirus erkaklar uchun tuyilganidan ko‘ra zararliroq.
Sputnik

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, statistika shuni ko‘rsatadiki, erkaklarga COVID-19 tashxisi ayollarga qaraganda 1,5 baravar ko‘proq qo‘yiladi. Koronavirusdan o‘lim statistikasida ham raqamlar shunga o‘xshash.

Bu infeksiya tanaga kirishiga sabab bo‘lgan erkak xromosomasi va fermentlar o‘rtasida bog‘liqlik bilan izohlanadi, deb ta’kidlaydi Hakimxodjayev.

"Testosteron darajasi kasallikning og‘irligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi dalillari mavjud. Ehtimol, aynan shuning uchun ba’zi yosh erkaklarda koronavirus uzoq vaqt davomida holsizlik, insultlar va yurak xurujlarini keltirib chiqaradi. U atipik pnevmoniyaning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS bilan bir xil virus guruhiga kiradi, atipik pnevmoniya esa ayrim xollarda erkak jinsiy bezlaridagi yallig‘lanish jarayonlariga olib kelgan”, - dedi urolog Zufar Hakimxodjayev Sputnik Qirg‘iziston nashriga bergan intervyusida.

COVID-19ning erkaklar sog‘lig‘iga ta’siriga kelsak, koronavirus infeksiyasi bepushtlikni keltirib chiqarishini isbotlaydigan aniq tadqiqotlar hali mavjud emas.

Shu bilan birga, Hakimxodjayev ogohlantiradi: ko‘pincha COVID-19ni davolashda erkaklarga testosteron darajasini pasaytiradigan dorilar ta’inlanadi. Shuning uchun sog‘likka nihoyatda e’tiborli bo‘lish kerak va biron bir o‘zgarish kuzatilsa, urolog-andrologga murojaat qilish kerak.

Quyidagi radiopodkastda mutaxassisning to‘liq sharhini rus tilida tinglang.

COVID-19 erkaklar sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatadi – mutaxassis izohi