TIV Kiyevda bomba portlatish bilan tahdid qilgan shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kiyev bankida bomba portlatish bilan tahdid qilgan shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi TIV Kiyev markazida bankda bomba portlatish bilan tahdid qilgan shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritmoqda. Bu haqda respublika TIV RIA Novostiga ma’lum qildi.

O‘zbekiston fuqarosi Kiyev bankida bomba portlatish bilan tahdid qilmoqda - Gerashenko

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy kanallar orqali Kiyevda yuz bergan holat yuzasidan ma’lumotni aniqlashtirmoqda. Xususan, binoni portlatish bilan tahdid qilayotgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekanligiga aniqlik kiritilmoqda”, - dedi vazirlik xodimi.

“Leonardo” biznes-markazi bankida bomba portlatmoqchi bo‘lgan kishi 40 ming griven (1440 dollar) talab qilgan.

Bundan avval, Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashenko Kiyev bankida bomba portlatish bilan taxdid qilayotgan fuqaroning shaxsi aniqlaganligini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik amalga oshirish bilan tahdid qilgan shaxs – O‘zbekiston fuqarosi, 1988-yil 25-martda tug‘ilgan Karimov Suhrob Raxmanovich.