Roshal koronavirus pandemiyasini biologik urushning tayyorgarligi deb atadi

Rossiyalik shifokor Leonid Roshal koronavirus pandemiyasi biologik urushning tayyorgarligi bo‘lganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi biologik urushning tayyorgarligi bo‘ldi. Bu haqda kechiktirib bo‘lmaydigan bolalar jarrohligi va va travmatologiyasi Rossiya Milliy tadqiqot instituti prezidenti, tibbiyot fanlari nomzodi Leonid Roshal Forbes nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U virus inson tomonidan yaratilganiga shubha bildirdi.

Koronavirus - biologik qurolmi?

“Men yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilganimda bu biologik urushning tayyorgarligi ekanini anglayman. Bu sog‘liqni saqlash tizimining mustahkamligini, jumladan, mamlakatning biologik himoyasini tekshirilishidir”, - dedi rossiyalik shifokor.

Roshal SSSRda biologik himoya oliy darajada yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. U Xitoy tizimi xuddi shu model bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan deb hisoblaydi.

“Biz esa bu tizimni qisman yo‘qotdik. Hozir u sinovdan o‘tmoqda”, - deya taxmin qildi u.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarning soni 18 milliondan oshgan. 11,3 milliondan ziyod kishi shifo topgan. 680 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.