O‘zbekiston fuqarosi Kiyev bankida bomba portlatish bilan tahdid qilmoqda - Gerashenko

Ukraina politsiyasi Kiyevdagi "Leonardo biznes-markazi bankida bomba portlatish bilan tahdid qilayotgan fuqaroning shaxsini aniqladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Kiyev bankida bomba portlatish bilan tahdid qilayotgan fuqaroning shaxsi aniqlandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Kiyev "Leonardo" biznes-markazida joylashgan bankda bomba portlatmoqchi bo‘lgan shaxs – O‘zbekiston fuqarosi, deb ma’lum qildi Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashenko.

O‘zbekiston fuqarosi Kiyev bankida bomba portlatish bilan tahdid qilmoqda - Gerashenko

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik amalga oshirish bilan tahdid qilayotgan shaxs – O‘zbekiston fuqarosi, 1988-yil 25-martda tug‘ilgan Karimov Suhrob Raxmanovich.

Ayni vaqtida muzokara strategiyasi ishlab chiqildi va “Bumerang” maxsus operatsiya rejasi bo‘yicha ish olib borilmoqda.