Dollar, yevro ko‘tarildi, rubl esa pasaydi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2,17 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 4-avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2,17 so‘mga ko‘tarilib, 10 209,86 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 125,05 so‘mga oshdi va 12 021,09 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli esa 4,91 so‘mga pasayib, 137,46 co‘mni tashkil qildi.