Beli ingichka qiz anatomiya qonunlarini “buzmoqda” – internetda hamma hayratda

Myanmalik xipchabel ayol internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi – uning beli atigi 34,8 santimetr.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Myanmalik xipchabel ayol internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

23 yoshli Su Naing o‘z qomati bilan inson anatomiyasi tushunchasini buzmoqda. Uning beli atigi 34,8 santimetrni tashkil qiladi.

Myanma fuqarosi o‘zining Instagram’dagi sahifasida muntazam ravishda suratlar joylashtiradi.

Ayrim kuzatuvchilar uni fotoshop yordamida tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmoqda yoki qovurg‘alarini olib tashlagan, deb taxmin qilishmoqda.

“Men sog‘lomman, to‘g‘ri ovqatlanaman, xavotirga o‘rin yo‘q. Mening tashqi ko‘rinishimda biron bir muammo bor deb o‘ylamayman. Bel ingichkaligi -  bu genetika natijasi”, - deydi u.

Buni isbotlash uchun u video joylashtirdi.

Ko‘pgina foydalanuvchilar uning haqiqatda beli ingichka ekanligidan hayratda qoldi.

Naing Ginnes Jahon rekordini o‘rnatmoqchi edi, ammo boy berdi. Uning beli dunyodagi eng xipchabeldan 1,4 santimetr kattaroq ekan. Rekord Buyuk Britaniyalik Etel Garnerga tegishli.