TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Aqtau shahridan bo‘lgan havaskor paleontolog Vladimir Yarsev noyob topilmaga duch keldi. U Instagram sahifasiga topilma videosini joylashtirdi.
Yarsevning ta’kidlashicha, topilgan suyaklar eng qadimiy sudralib yuruvchilar sinfiga mansub bo‘lib, uning yoshi 100 million atrofida. Shunday qilib, ushbu jonzot sayyoramizda Bo‘r davrida - Mezozoy erasining eng so‘nggi davrida (145-66 million yillar ilgari) yashagan degan xulosa chiqarish mumkin.
Vladimir o‘zi topgan suyualar ixtiozavr, pleziozavr, pliozavrniki bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Keyinchalik ba’zi olimlar ushbu taxminlarni tasdiqlashgan. Ularning fikriga ko‘ra, topilgan suyaklar pleziozavrga taalluqli. Ular yer yuzida 227-66 million yil ilgari yashagan.