O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 24 mingdan oshdi

Kuni kecha mamlakatda antirekord qayd etildi: 738 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar qayd etilib, shulardan 627 nafari fuqarolar orasida aniqlangan
Sputnik

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni sutka davomida 738 nafarga oshdi va 24 009 nafarga yetdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

O‘zbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirusdan vafot etdi

Qayd etilgan 738 nafar bemorlarning 111 nafari karantin markazidagi fuqarolardir. 627 holatda kasallik aholi orasida aniqlangan. Shuningdek, 31-iyul kuni Toshkent shahrida 5 bemor vafot etdi va qurbonlar soni jami 141 nafarga yetgan.

Bemorlardan 14 464 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 404 bemordan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

So‘nggi sutka davomida nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda rekord darajada kasallanish (292 527 holat) qayd etilgan. COVID-19ga chalingan umumiy holat 17,1 milliondan oshib ketgan, deb xabar bermoqda Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Koronavirusdan ham xavfliroq: Olimlar yangi tahdid haqida

Tashkilot xabariga ko‘ra, sutka davomida COVID-19dan vafot etgan bemorlar soni 6812 nafarni tashkil etgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha 17 106 007 ta bemorlanish holatlari qayd etilgan, vafot etganlar soni 668 910 nafarga yetgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Shimoliy va Janubiy Amerikada (9 152 173 holat) va Yevropada (3 333 300) qayd etilgan.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi.