TOShKENT, 1 avg - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholiga ajratilgan moddiy yordam pullarini tarqatilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani aks etgan video va xabarlar borasida rasmiy bayonot e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilangan hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborilgan.
Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qa’tiy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish so‘raladi.
Murojaat uchun telefonlar:
Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
Farg‘ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007
Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlashini va fuqarolardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qolgan.
Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tgan.