O‘zbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirusdan vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisida sal oldin koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, taniqli davlat va jamoat arbobi Musa Yerniyazov 73 yoshida olamdan o‘tdi.

Kuni kecha Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulanganligi xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonning yana 5 hududida 215 kishida koronavirus aniqlanib, jami bemorlar — 23 773 nafarga yetdi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida 16,8 milliondan ortiq kishi koronavirus infeksiyasi bilan bemorlangan, 662 ming kishi qurbon bo‘lgan.